четверг, 6 июня 2013 г.



Forex brokerni tanlash

Har bir soxada bolganidek, forexda ham kopgina aldamlar mavjud, Umumiy statistikaga kora 98% traderlar bu sohaga boshqa qaytmiydigan bolib ketadilar faqatgina 2% insonlar bu sohani mukammal egallab ozlariga yetarli darajada pul ishlar ekanlar. Bu degani ushbu soxada inson eng yuqori qatlamda yani 98% odamlardan aqilliroq, tirshqoqroq, va albatta omadliroq bolishi kerak.
Lekin har qanday narsa ham faqat insonni ozidan chiqmaydi, balki unga yana nimalardir turtki va yana nimalardir yordamchi bolishi kerak. Bulardan eng asosiy a muhim hisoblangan forex brokerlarni tanlashdir. Xosh ozi ular nima asosda ishlashadi va qanday tanlash mumkin keling hammasini korib chiqsak!
Har qanday ishda ishlash joyi mavjud bo’ladi. Ruslarda brokerlar КУХНЯ(oshxona) yoki Дилинговый центр(ДЦ) deyishadi. Bizning ishlash joyimiz aynan ularning oshxonalari. Mantiqiy o’ylab qarasak brokerlar ikki xil ishlashadi ya’ni
1.  O’zini xurmat qiladigan va klientlari haqida qayg’uradigan
2.  O’zini g’arazli maqsadlarini amalga oshirib odamlardan pul undiradigan
Keling cho’zmasdan nimalarga ahamiyat berishni ko’rib chiqsak
  1. Brokerning, yoki dilingviy tsenterning «Brokerlik faoliayati bilan shug’ullanish litsenziyasi»ni – FSC (Financial Services Commission)  ko’rib chiqing, albatta muddatini ham.
  2. Forumlarda har xil saytlarda nima deyishyapti ko’rib chiqing, albatta bu borada juda qiyin chunki obyektivniy baholash judayam kam.
  3. Keyingisi broker qachondan o’z faoliyatini olib boradi, agar u 1996-2000yillarda vujudga kelgan bo’lsa judayam ishonchli bo’ladi. Albatta ba’zibir muammolar ham bo’lishi mumkin, esda saqlangki ideal broker mavjud emas. quyida birqancha brokerlar tashkil topish yillariFxClub – 1997 yil
    Alpari – 1998 yil
    Rinkost – 1998 yil
    FiboGroup -1999 yil
    NorthFinance – 2001 yil
    FX-INVEST – 2001 yil
    FX LTD – 2002 yil
    Форекс Украина – 2002 yil
    Lite Forex – 2005 yil
    Forex4you – 2007 yil
    FX PRO – 2007 yil
    FINFORCE – 2007 yil
    BROCO – 2008 yil
    NWFB – 2008 yil
    Exness – 2008 yil
  4. Eng asosiysi broker ishlash sharoitlarini to’liq o’rganib chiqing, bulardan ilk bilishingiz kerak bo’gani
  • Minimal deposit qancha bilan ishlasa bo’ladi
  • O’z klientlari uchun analitiklar bormi ya’ni qo’shimcha analiz qilishi
  • Bu broker qanday intrumentlar ya’ni paralarni taklif etadi
  • Ma’lum paralarga nisbatan qancha spread belgilangan va qanday o’zgaradi, qanday holatlar katta, qanday holatlarda o’zgarmaydi
  • Kreditniy plecho nechi
  • Broker o’zi nimadan ishlaydi, ya’ni spread yoki komissionniy. Ko’pincha shu yerda ko’p brokerlar aldaydi
  • Agar broker o’zida o’qitsa qanchaga va qanchalik samarali o’rgatadi, forumlardan bilsangiz bo’ladi
  • Qanday terminal ishlatadi, va uning ishlash tezligi, buyruqlarni qabul qilishi kabilar
  • Pulingizni yechib olmoqchi bo’lsangiz ko’p kutishingiz kerakmi ya’ni aniq yechib olish muddatini bilib oling
Hulosa qilib aytsak broker tanlashda quydagicha sxema sizga yordam beradi:
Dokumentatsiya => Forumlar => Vujudga kelgan sanasi => Tex poderjka ishlashi
O’zimning tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, sizning forexga qo’ymoqchi bo’lgan pulingiz ya’ni kiritmoqchi bo’lgan invistitsayngizga qarab va siz tanlagan sistemaga qarab quyidagi brokerni taklif etishim mumkin.
Alpari mini –  O’tracha hajmdagi deposit 150-500$ hech qanday muammolar bo’lmaydi. 5 xonali kotirovka (1.42345) yechib olishda muammo yo’q. Shuningdek bu brokerni bizda Toshkentda filiali bor u erga borishdan oldin albatta men bergan link orqali registratsiyadan o’tib olin. Link bu >>> FOREX TOSHKENT  sayt o’chilganidan keyin (Сначала пройдите регистрацию прямо сейчас! Это легко, следуйте вот этой инструкции degan link orqali registratsiya 2 minutda o’tib olasiz juda onson..) usha  erdan ularni adreslarini ham topasiz va bemalol tekin uzo’g’i bilan 1-2 hafta bo’lib o’tadigan tekin o’quv seminarlariga(darslariga) bo’rib ko'p narsani tushunib o’rganib olasiz, keyinchali bu blogda balkim fikr va tajriba almashamiz.
Eslatma: yuqorida taklif etilgan brokerlarni tanlashdan sistemangiz, pul qo’yishingiz mumkin bo’lgan yo’l (webmoney, kredit kart(CC),  wester union va boshqa yo’llar kabi) jihatlarni hisobga olgan holda qayta qayta o’ylab qaror qiling, sizning pulingizga o’zingizdan boshqa hech kim javob bermaydi!


3 коммент.: